Yangiliklar

Deputatlik faoliyati

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ilgari surildi va bu butun mamlakat bo‘ylab daraxt ekish hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan umummilliy harakatga aylandi.

Mazkur umummilliy harakatda xalq vakillarining ishtirokini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengash deputatlari ham o‘zlari saylangan mahallalar hududlarida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Jumladan, Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 17-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Petrovna “Do‘stlik” va “Navro‘z” mahallarida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlarida qatnashdi.

Tumanda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida tuman Kengashi deputatlari doimiy ravishda qatnashib keladilar.

Slide 1 of 3