Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garak va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida oliy o‘quv yurtiga kira olmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.
Mazkur tadbirda Nurafshon shahar deputatlari Liana Nam, Nuriddin Niyozov va J. Axmedkulov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar hamda ularning taklif va muammolarini tingladilar.