35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yuldashbek tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

🛝Xususan, bolalar maydonchasidagi mavjud jihozlarning holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab va shikastlangan qismlarini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uylar atrofidagi eskirgan va foydalanishga noqulay holga kelgan o‘rindiqlar ta’mirlanib, qayta tiklanmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦Mazkur ishlar, avvalo, bolalar uchun xavfsiz va qulay o‘yin maydonchalarini yaratish, mahalla aholisi uchun esa dam olish va hordiq chiqarishga munosib sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

🔠Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi taklif va murojaatlarini inobatga olish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1