O‘rganishlar davomida ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ko‘chalarni yoritish, obodonlashtirish hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Мanzilli o‘rganishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda
hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan aholi farovonligini ta’minlash, hududlarni obod va zamonaviy maskanga aylantirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.