35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat mudiri hamda tuman Kengashi deputatlari tuman adliya boʻlimiga qarashli "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

✅​Ushbu oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad — hududda aholiga koʻrsatilayotgan bepul huquqiy yordam sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish hamda adliya boʻlimi va tuman Kengashi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat boʻldi.

✅​Muloqot davomida "Madad" muassasasi tomonidan tuman aholisiga yaratilgan sharoitlar, huquqiy maslahat olish uchun kelayotgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamiga alohida eʼtibor qaratildi.

✅ Shuningdek, kelgusida hamkorlikda huquqiy targʻibot tadbirlarini koʻpaytirish va chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etish masalalari kelishib olindi.