35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #muammoga_yechimlar #Kotibiyat_hududlarda

Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich o‘z saylov okrugidagi Chamanzor mahallasi, 3-tor Mirxond ko‘chasi, 20-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N. M. O‘. ning murojaati asosida uning xonadoniga borib, mavjud holatni joyida o‘rgandi.

⚡️ O‘rganish jarayonida masala elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgani sababli Uchtepa tumani elektr tarmoqlari korxonasining bosh muhandisi Baxtiyor Qosimov ham ishtirok etdi.

🚨 Murojaatchi o‘z xonadoni oldida joylashgan 630 kVA quvvatga ega 2438-sonli transformator punktini (TP) boshqa hududga ko‘chirish masalasini deputat oldiga qo‘ydi.

📂 Deputat ushbu masala yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi orqali fuqaroga amaldagi tartib-qoidalarni batafsil tushuntirdi.

📈 Xususan, transformator punktini ko‘chirish bo‘yicha belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi orqali ariza bilan murojaat qilish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda belgilangan talablar to‘liq bajarilgandan keyingina mazkur masala qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilishi va ijobiy hal etilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

🗣 Shuningdek, deputat fuqaroga mahallalarni o‘rganish bo‘yicha tavsiyaviy yo‘nalishlar doirasida aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti hamda hududda tartib-intizomni ta’minlashga oid masalalar yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berdi.

🗂 Suhbat davomida fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–939-son “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda elektr energetikasi sohasida belgilangan huquq va majburiyatlar haqida huquqiy tushuntirish berildi.

🕯 Deputat tomonidan fuqaroning murojaati nazoratga olinib, masalani amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7