35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
DEPUTATLAR FAOLIYATI TELEKO‘RSATUVDA

Dastlab deputatlar Yangiyer shahridagi 7-son umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy kutubxona, boyitilgan kitob fondi, elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ta’lim sifati va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ta’lim muassasalarida yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning bilim olishi va intellektual salohiyatini oshirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Ko‘rsatuvda Sayxunobod tajribasi asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘z aksini topdi. Xususan, deputatlik so‘rovi orqali tadbirkorga imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani, buning natijasida zamonaviy issiqxona tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilgani e’tirof etildi. Bu esa deputatlik nazorati va amaliy ko‘makning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Shuningdek, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda dori-darmon ta’minoti holati deputatlar tomonidan batafsil o‘rganildi. Bildirilgan taklif va tavsiyalar tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratildi.

Navbatdagi manzil Yangiyer shahridagi 4-son umumta’lim maktabi bo‘ldi. Bu yerda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi me’yorlar asosida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ko'rsatuv davomida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Surayyo Sultonova intervyu berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–377-son qarori ijrosi doirasida 4-son umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va rekonstruksiya ishlariga deputatlik nazorati o‘rnatilganini ta’kidladi. U mazkur obyektda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlar tomonidan muntazam nazorat qilinayotganini qayd etdi.

Tashrif yakunida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida deputatlar ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ko‘rsatuvda ishtirok etgan fuqaro Muborak Otaboyeva o‘z intervyusida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashiga qilgan murojaati ijobiy hal etilganini mamnuniyat bilan ta’kidlab, deputatlarning aholi muammolarini hal etishdagi amaliy yordami va e’tiboriga minnatdorlik bildirdi.

Bugun xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining bosh mezoni – aholi manfaatlarini ta’minlash, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishdan iborat. Deputatlarning hududlarga chiqib ishlashi, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilishi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganishi aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda.

✅ Xalq bilan ochiq muloqot, tizimli nazorat va amaliy natija — deputatlik faoliyatining eng muhim mezonidir.

Slide 1 of 1