Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi deputati Y.Toshpo‘latova Xiva tumani Chanashik mahallasidagi oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Xasanova Zarafoshon Xiva tuman Polosulton mahallasidagi tadbirkorlarni ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi .
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlar Xiva tuman Kengashi deputatlari “KHIVA CLUSTER“MCHJ dagi ishchi xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.
#munosabat

 #munosabat  

  

Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida kuchli parlament va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi 

  

Ushbu muhim hujjat mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab berdi: davlat boshqaruvini isloh qilish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning qaror qabul
qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda islohotlarni joylarda — mahalla va mahalliy vakillik organlari orqali chuqurlashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb belgilanishi ham ushbu g‘oyaning amaliy ifodasidir.  

  

🔹Xususan: «Kuchli parlament» va samarali nazorat mexanizmi Davlat kafolati ostida jalb etiladigan tashqi mablag‘larni parlament tasdig‘idan o‘tkazish tashabbusi davlat qarzi va byudjet intizomi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi, qarorlarni “maqsad — samara — javobgarlik” mezoni asosida qabul qilishga xizmat qiladi. Davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish
Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilish holatlarini faqat qonun bilan belgilash korrupsiya xavflarini kamaytirishga qaratilgan prinsipial yondashuv bo‘lib, parlamentning qoidalarni belgilash va ijroni nazorat qilish vakolatlarini mustahkamlaydi. 

 ️Deputat so‘rovlarini ta’sirchan huquqiy vositaga aylantirish Deputat so‘rovlari ijrosini har chorakda tahlil qilish va sustkashlik holatlari bo‘yichaprokuratura organlariga taqdimnoma kiritish amaliyoti ijro intizomini mustahkamlab, “deputat – xalq ovozi” tamoyilini amalda kuchaytiradi. Hokim va Kengash raisi vakolatlarini ajratishni kengaytirish Tuman va shahar
darajasigacha vakolatlarni ajratish mahalliy Kengashlarning mustaqilligi va ta’sirchanligini oshiradi, hududiy byudjet hamda ijtimoiy dasturlar ustidan prinsipial deputatlik nazoratini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.  

Murojatnomada xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning ham rivojlantirish masalasi alohida qayd etildi. Yangi 2026-yildan boshlab xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarida deputatlar orasidan saylangan rais boshchilik qilishi qayd etildi. Bu sohadagi amaliy ishlar ham shu kunlarda o‘z amaliy ifodasini topib tuman va shaharlarda xalq deputatlari Kengashlarida raislar saylandi. Yangi 2026-yildan boshlab xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarida deputatlar orasidan saylangan raislar o‘z ish faoliyatini olib boradi. 

Shuningdek, Murojaatnomada siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari oldiga ham aniq vazifa qo‘yildi: raqobatni tanqid bilan cheklamasdan, amaliy taklif berish, muqobil yechim tayyorlash va qarorlar ijrosini doimiy nazorat qilish orqali jamiyatda “hisobdor davlat” tamoyilini mustahkamlash. Xulosa qilib aytganda, Murojaatnoma mamlakatimizda demokratiyani
mazmunan boyitishning aniq yo‘l xaritasini ko‘rsatdi. Kuchli parlament, shaffof davlat boshqaruvi va kengaygan jamoatchilik ishtiroki islohotlarning barqaror hamda xalqchil natija berishini ta’minlaydigan asosiy omillardir. 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyat mudiri Alijon Shokirov  

Slide 1 of 5