Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi deputati Y.Toshpo‘latova Xiva tumani Chanashik mahallasidagi oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Xasanova Zarafoshon Xiva tuman Polosulton mahallasidagi tadbirkorlarni ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi .
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Aholi muammolari e’tiborda

 9-Olmabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Sultanov Askar Fayzullaeyvich o‘z saylovchilari bilan uchrashish va ularni o‘ylantirib kelayotgan muammoli masalalar bilan tanishib, tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Olmabog‘ mahallasi
hudida bo‘ldi.

Hududni o‘rganish davomida Zarafshon ko‘chasining MFY binosi joylashgan hududida kanalizatsiya tizimidagi nosozlik sababli ko‘chaning aksariyat qismi quvurdan oqayotgan ifloslangan suv bilan to‘lganligi kuzatildi.

Mazkur holat aholining shu jumladan, ta’lim muassasiga harakatlanayotgan yosh avlod vakillarini ranjitishi mumkinligini inobatga olib, tezkor tartibda Xorazm suv ta’minoti viloyat hamda Urganch shahar bo‘limi ma’muriyati bilan bog‘lanib, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, mavsumiy iqlimdan kelib chiqib, hududda to‘planib qolgan shox-shabba hamda barglardan hosil bo‘lgan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha shahar Obodonlashtirish bo‘limi rahbariyati bilan hamkorlik ishlari olib borildi.

Slide 1 of 1