Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
✍🏻Respublika ishchi guruhi ma'sul hodimi B. Chinazbekov va xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda hudud deputatlari A.Tursunbayev, K.Xakimovlar bilan birgalikda shahar hududidagi 16-sonli MTM va Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli OSHPlarning kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganild.
Tekshiruv jarayonida 16-sonli MTM va oilaviy paliklinikaning isitish tizimlari, tom qismi, elektr va suv ta’minoti hamda umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar joyida bartaraf etilmoqda. Jumladan,Taraqqiyot mahallasidagi ta'lim muassasi tekshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bunday nazorat ishlari shahar mahallalarida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
Maqsad — aholining qulay yashash sharoiti va uy-joylarning kuz–qish mavsumiga to‘liq tayyorligini ta’minlashdir.