O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashiga 15-Saymoqov saylov okrugidan saylangan deputat А.Murodov mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida davlat ijtimoiy hizmatlari mazmun-mohiyati, mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash ishlarini natijadorligi hamda mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish yuzasidan suhbat olib bordi.