Unda deputat talaba yoshlarga ushbu sana munosabati bilan ma'lumotlar berib o'tdi.
Tabiiy ofatlar inson hayoti, infratuzilma va tabiat uchun jiddiy tahdidligi rost. Shu sababli, xavfni oldini olish, tayyorgarlik ko‘rish va barqaror rivojlanish yo‘lida “ilgariroq harakat qilish” tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi.
Har yili toshqinlar, zilzilalar, bo‘ronlar, sel va qurg‘oqchilik kabi ofatlar minglab inson hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Xavfni oldindan tahlil qilish, huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash alohida ahamiyatga ega. “Ofatdan keyin tiklash” emas, “ofatdan oldin himoya qilish” tamoyili zamonaviy boshqaruvning poydevoridir.