Joriy yilning 27-sentabr kuni “Atmosfera havosining ifloslanishi – zamonaviy global muammo” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Vrach gigienist epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor - Feruza Salomova ishtirokida hamda ekolog mutaxassislar, ta’lim muassasalari vakillari, yoshlar va talabalar ishtirok etdi.
Deputat o‘z chiqishida atmosfera havosining ifloslanishi inson salomatligiga, atrof-muhitga va global iqlim o‘zgarishlariga ta’siri haqida fikr bildirdi. Shuningdek, bu borada qonunchilikda belgilangan ekologik talablar, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va mavjud muammolarni bartaraf etishdagi tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, dolzarb ekologik muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Suhbat yakunida ushbu yo‘nalishda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda doimiy monitoring, tushuntirish ishlari va amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.