O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi N.Jumaev hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi R.Fozilovlar Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
N.Jumaev, R.Fozilovlar tashrif davomida Olmazor tumanidagi mahallalarda bo‘lib, fuqarolar, mahalla mas’ullari bilan uchrashib, suhbat o‘tkazdilar hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining uchinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasida ishtirok etdilar.