Tashabbus maqsadi — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish hamda ustozlar kasbiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni amalda namoyon etishdan iborat bo‘ldi.
Deputat tomonidan taqdim etilgan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, jumladan, yoshlar, o‘qituvchilar va mahalla ahli uchun mo‘ljallangan kitoblar, kutubxona fondini yanada boyitadi.
Tadbir davomida deputat mahalla ahli bilan uchrashib, o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi hamda yosh avlod tarbiyasida kutubxonalarning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.