Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan ezgu amallar hayotga tatbiq etilmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan ezgu amallar hayotga tatbiq etilmoqda

Mustaqillik – xalqimiz uchun ozodlik, tinchlik, taraqqiyot va farovon hayot ramzi. Jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimizda ezgu tashabbuslar, xayrli amallar va insonparvarlikka asoslangan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu ma’noda, Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari S.Mirzaeva, G‘.Saidmirzaev hamda B.Sobirovalar tashabbusi va homiyligi bilan tumanimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bayram oldidan quvonch va shodlik ulashuvchi xayrli aksiya tashkil etildi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida bilim olishlari uchun zarur bo‘lgan maktab o‘quv qurollari topshirildi.

Aholi va ota-onalar mazkur tashabbusni yuksak minnatdorchilik bilan qarshi olib, deputatlarning saxovatpesha, mehr-oqibatli va insonparvarona sa’y-harakatlarini yurakdan qadrladilar. Ular bunday ezgu ishlar yoshlarning ko‘nglida yangi o‘quv yilini katta umid va ishonch bilan boshlashga, kelajakka ilhom va ishonch bilan intilishga zamin bo‘lishini ta’kidladilar.

Shubhasiz, xalq vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar yosh avlodning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, ularning bilim olishi va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi uchun muhim qadam hisoblanadi.

Mustaqilligimizning 34 yillik tantanalari arafasida amalga oshirilgan mazkur tashabbus, avvalo, “Inson – jamiyat – davlat” tamoyilining amaldagi yorqin ifodasi bo‘lib, xalq vakillarining xalq manfaati yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Slide 1 of 6