Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi deputati Y.Toshpo‘latova Xiva tumani Chanashik mahallasidagi oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Xasanova Zarafoshon Xiva tuman Polosulton mahallasidagi tadbirkorlarni ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi .
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Isloxotlar markazida - Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar.

Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliarddan ortig‘i, ya’ni taxminan 25 foizini yoshlar tashkil etadi. YuNESKOning ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 1,2 milliard nafarga yetgan bo‘lib, ular jahon aholisining 16 foizini tashkil etadi. 2030 yilga kelib yoshlar soni taxminan 7 foizga oshib, 1,3 milliard nafarga yaqinlashishi kutilmoqda. Shu sababli, xalqaro maydonda yoshlar duch kelayotgan turli masalalar, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik sohalaridagi muammolar hech qachon bu darajada dolzarb bo‘lmagan. O‘zbekistonda esa yoshlar aholining qariyb 60 foizini tashkil etadi, shu bois mamlakatimiz "yoshlar mamlakati" sifatida e’tirof etiladi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlar kelajagini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. 

 Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev “Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega” deya ta’kidlagani bejiz emas. Zotan, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga shart-sharoit yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Ushbu masala Yangi O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu borada 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoev nutq so‘zlab, quyidagilarni ta’kidladi: 

 «Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda. Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga qodirsiz. Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz». Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan ishonchi Yangi O‘zbekistonda yosh avlodning jamiyatdagi o‘rni va kelajakni yaratishdagi ahamiyatiga berilayotgan yuksak baho hisoblaniladi.

 Ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar o‘z samarasini bermoqda. Bunga aniq misol sifatida oliy ta’lim sohasida erishilgan natijalarni keltirish mumkin. 2024 yili O‘zbekiston yoshlari “TOP-500” talik jahon universitetlariga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi o‘rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yosh vatandoshimiz dunyodagi eng nufuzli “TOP-10” oliygohlarda, 500 nafardan ortig‘i “TOP-100”da, 1 500 nafar yosh esa “TOP-300” universitetlarda tahsil olmoqda. Bu O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyati, global raqobatbardoshligi va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasi hisoblaniladi.

 Ta’kidlanganidek, startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratilib, ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi. Endi bu mablag‘ 1 milliard dollarga yetkaziladi. Maktablarda o‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant yo‘naltiriladi. Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi. Bu tashabbuslar yoshlarni ilmiy-texnik ijodkorlikka, innovatsion fikrlashga va mustaqil tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qiladi.

 Hulosa sifatida aytish mumkinki, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati milliy taraqqiyotning strategik ustuvor yo‘nalishi sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Prezident Sh.Mirziyoev boshchiligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasbga ega bo‘lishi, innovatsion tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun mustahkam zamin yaratilmoqda. 

 Bu borada joylardagi barcha xalq vakillari, shu jumladan, biz, deputatlar ham, yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlashimiz shart.

Slide 1 of 1