Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan biriktirilgan hamkorlik tizimi doirasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputati J. Ochilov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘limi rahbari B. Nomozov bilan suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlar tarbiyasida hamkorlikni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududda ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, turli targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish va aholi, xususan yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Bunday hamkorlik deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.