Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Yaqubboy Qutlimuratov tashabbusi bilan Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovich ishtirokida Hazorasp tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida tuman hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, ko‘cha va jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni toza va ozoda saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
👉Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi. Kelgusida hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.