35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kotib

Deputatlar xalqning himoyachisi, arz-dodini eshitadigan, o‘rinli vaziyatlarda davlat tomonidan yordam berilishiga xizmat qiladigan insonlardir. Shu sabab ularni xalq deputatlari deb ataymiz va birgalikda saylaymiz.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Turon” mahalla fuqarolaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi a’zosi Joxongir G‘ulomov nomiga murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha, “Turon” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda kamchiliklar va ayrim masalalarda o‘zaro kelishmovchiliklar mavjud ekan. Ko‘plab xonadonlar, hududdagi yo‘laklarni, maydonchalarni va avtoturargohlari joyini ta’mirlashni ta’lab qilgan, lekin dastur doirasidagi ishlarni amalga oshirayotgan quruvchi tashkilot vakillari ushbu qo‘shimcha ishlar hujjatlarda ko‘rsatilmaganligini ma’lum qilishgan.

Murojaat xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Joxongir G‘ulomov tomonidan o‘rganilib, fuqarolar va qurilish tashkiloti vakillari ishtirokida o‘zaro uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda xar ikki tomon o‘z fikr va talablarini bildirdilar.

Deputat uchrashuvda bildirilgan barcha taklif va murojaatlar bo‘yicha tegishli idoralarga kerakli hujjatlar asosida, tegishli tartibda murojaat qilinishini va natijalari ularga aytilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 3