35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish jarayoni bevosita mahalla hududida,ko‘chalarga chiqqan holda hamda aholi bilan jonli muloqot tarzida olib borildi.Jarayonda hududdagi mavjud holat, aholini tashvishga solayotgan masalalar va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi joyida tahlil qilindi.Shuningdek, mahalladagi profilaktika inspektori I.Xolovning hududda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib,jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash va “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali tashkil etish
maqsadida jami 68 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.O‘rganish davomida deputat tomonidan hududda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, mavjud videokuzatuv tizimini takomillashtirish,zarur hududlarga qo‘shimcha kameralar o‘rnatish, shuningdek,aholi kam qatnovchi va hilvat hududlarni tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.Yakunida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1