#qonunchilikdagi_yangiliklar #deputatlik_faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.04.2026 yildagi PF-51-son
❗️ Xalq deputatlari uchun murojaatlar ustidan nazorat yanada kuchayadi
📝 “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, aholi murojaatlari bilan ishlashda Xalq deputatlari kengashlarining roli sezilarli darajada oshirilmoqda.
📌 Endilikda:
🔺 Davlat organlari va hokimlar hisobotlari 🔺 aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha har chorakda kamida bir marta mahalliy kengashlarda eshitiladi.
👉 Bu orqali deputatlar hududdagi muammolar yechimini bevosita nazorat qiladi.
🔺 Tahliliy axborotlar kengashlarga kiritiladi 🔺 aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan Oliy Majlis palatalari bilan birga Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga muntazam ma’lumotlar taqdim etiladi.
👉 Bu deputatlar uchun asosli tahlil va qaror qabul qilish imkonini kengaytiradi.
🔺 Nazorat va hisobdorlik tizimi kuchayadi — murojaatlar asosida aniqlangan muammolar, ularning yechimi hamda ijro holati deputatlar tomonidan muhokama qilinadi.
📊 Mazkur tartib orqali aholi murojaatlari endi faqat ijro emas, balki deputatlik nazorati ostida tizimli ko‘rib chiqiladi.
🏛 Xalq deputatlari kengashlari — hududiy muammolarni hal etishda yanada faol va ta’sirchan institutga aylanmoqda.