Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi okrug deputati D. Axmedova hamda 21-Namuna saylov okrugi deputati D. Raxmatullayevlar va kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, Madad nodavlat notijorat tashkiloti vakili N.Salohiddinov tomonidan tumanning Chuqursoy mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, mahalla fuqarolari tomonidan Gulsaroy ko‘chasi 19-uy oldidan o‘tuvchi magistral ko‘chadagi sovuq suv tarmog‘ini yangilash, ushbu hududni zamonaviy talablar asosida asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash masalalari yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaatlar tegishli tashkilotlarga deputat so’rovi orqali yo‘naltirilib, deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, fuqaro Karimov Toxirjonni ish bilan ta’minlash masalasi yuzasidan ham murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat yuzasidan Bandlik bo‘limiga tegishli tartibda yo‘naltirilib, natijada fuqaroning ish bilan ta’minlanishi masalasi ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari, mahalladagi ko‘p qavatli uylarning mo‘rilarini (dimaxod) tozalash masalasi yuzasidan ham murojaatlar bildirildi. Mazkur masala bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.
Sayyor qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi