🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘iniga hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Y.Xolmurotov tomonidan o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalarni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.
🔷Shu bilan birga, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, mahallani obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.