Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#shukuh

Yosharish va yangilanish fasli — Navro‘zi olam nafasi shahrimizning ta’lim maskanlarida ham o‘zgacha jo‘shqinlik bilan davom etmoqda!

2026-yil 28-mart kuni Olmaliq shahar 3-son texnikumida Navro‘z bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir nafaqat yoshlar, balki nuroniy ustozlarimizning duolari bilan yanada fayzli o‘tdi.

Bayram tadbiriga Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov hamda ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar taklif etildi.

Kengash raisi yoshlarni va ustozlarni bayram bilan qutlar ekan, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va an’analarimizni davom ettirishda bunday tadbirlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida:

🎶 Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi;

🍲 Navro‘zning ramzi bo‘lgan milliy taomlar dasturxoni yozildi;

🎨 Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Slide 1 of 5