Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri tomonidan o‘zi saylangan okrugi — Munis-Xorazmiy mahallasida Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📆Mazkur o‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi
📝Xususan, Munis-Xorazmiy mahallasi Yoshlar yetakchisi Saparova Qurvangul Xudayberganovna tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
❗️Jumladan, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga yer maydonlari ajratib berilgani aniqlandi.
❗️Ushbu tashabbus yoshlarning qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi, o‘z daromadini shakllantirishi hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qilmoqda.
✅O‘rganish jarayonida yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan band qilish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📁Ta’kidlash joizki, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy yondashuvlar nafaqat ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish, balki jamiyatda faol va tashabbuskor yoshlar qatlamini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.