Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Chinobod MFYda joylashgan 33-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Alisher Navoiy MFYda joylashgan 14-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 29-iyul kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Kengash deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

 Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2025-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar;

 Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni kamaytirish yo‘nalishida ko‘rilgan choralar;

 Zarbdor tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 1-yarim yilligidagi faoliyati;

 Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan hisobot;

 Zarbdor tuman budjeti parametrlarining 2025-yil 6 oylik ijrosi;

 Aholi salomatligini yaxshilash, sanitariya holatini yaxshilash va ekologiyani muhofaza qilish borasida bajarilgan ishlar;

 Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati;

 Yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar;

 2-chorak budjet parametrlarining orttirib bajarilgan qismini yo‘naltirish bo‘yicha takliflar;

 Jamoat transporti tizimini isloh qilish va zamonaviy avtoturargohlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar.

  Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Kun   tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5