Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
TAʼLIM SIFATI VA INFRATUZILMA HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Shirin” mahallasida obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Jamoatchilik monitoringi
янв.21
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari
янв.21
QISH MAVSUMINI BETALOFAT OʻTKAZISH BOʻYICHA OLIB BORAYOTGAN ISHLAR HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bir insonga — oʻn nihol” shiori ostida koʻchat qurish tadbiri oʻtkazildi.
OYDIN HOJIYEVA XOTIRASI ABADIYLASHTIRILDI

OYDIN HOJIYEVA XOTIRASI ABADIYLASHTIRILDI

O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Oydin Hojiyeva xotirasini abadiylashtirish, shoiraning qoldirgan ma’naviy me’rosini aholiga yanada kengroq targ‘ib qilish, ijodi va faoliyatini tanishtirish hamda tavalludining 83 yilligi munosabati bilan Qiziltepa tuman o‘lkashunoslik muzeyida shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi alohida bo‘lim tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman Kengashi deputatlari, oqila ayollari hamda keng jamoatchilik vakillari tashabbusi va Oydin Hojiyevaning yaqinlari ko‘magida tashkil etilgan muzey ekspozisiyasidan shoiraning qalamiga mansub adabiyotlar, muharrirligida chop etilgan gazeta va jurnallar nusxalari, foydalangan jihozlari va shaxsiy buyumlari joy oldi.

Muzey ekspozisiyasining ochilish marosimida ijodkorlar, ziyolilar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, shoiraning hayoti, ijodiy faoliyati va qoldirgan ulkan ma’naviy me’rosi haqida fikr bildirib, muzey eksponatlari bilan tanishishdi.

Slide 1 of 8