Boʻlim tomonidan 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, oʻsimlik dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish yoʻnalishlaridagi natijalar muhokama qilindi. Monitoring jarayonida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal etish va oʻsimlik dunyosini muxofaza qilishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, shuningdek, partiya va boʻlim hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bildirdilar.