Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
TAʼLIM SIFATI VA INFRATUZILMA HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Shirin” mahallasida obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Jamoatchilik monitoringi
янв.21
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari
янв.21
QISH MAVSUMINI BETALOFAT OʻTKAZISH BOʻYICHA OLIB BORAYOTGAN ISHLAR HOLATI OʻRGANILDI.
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bir insonga — oʻn nihol” shiori ostida koʻchat qurish tadbiri oʻtkazildi.
Pariya faoliyati

SIYoSATNING  MUVAFFAQIYaTI HAM MEHNATDA

Mamlakatimiz-ning har tomonlama rivoj topishida siyosiy partiyalarning roli g‘oyat kattadir.

Ayniqsa tadbirkor va ishbilarmonlar partiyasining bu borada amalga oshirayotgan ishlari diqqatga sazovordir. Biz partiyaning  tuman Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun O‘zLiDeP tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat  rahbari Z.Mahmudova bilan suhbatlashdik.

-Zaynab Erkinovna, siz faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston  Liberal-demokratik partiyasining mamlakatimiz siyosiy hayotidagi roli juda kattadir. Respublikamiz  rivojiga munosib hissasini qo‘shayotgan  tadbirkor va ishbilarmonlarni, fermerlarni o‘zida birlashtirgan partiyangiz  qisqa davr mobaynida  juda katta ishlarni amalga oshirib, o‘ziga xos hurmat va obro‘ga  ega bo‘ldi. Partiyangizning Saylovoldi dasturiga kiritilgan masalalar  o‘ziga xos ahamiyati bilan ajralib turadi.

Ayniqsa, dasturingizdan o‘rin olgan tartibsiz urbanizatsiyaga barham berish, AES qurish va undan xavfsiz foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, byudjet xarajatlarini qisqartirish, so‘z va ommaviy axborot  vositalari erkinligini kafolatlash, tashqi siyosatni faqat xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borish kabi g‘oyat muhim masalalar kiritilgan bo‘lib, bu ham bo‘lsa partiyaning maqsad hamda vazifalari nechog‘li ulkan va manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Xalqimizning partiyamizga bo‘lgan ishonchi 2024 yilda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda  o‘z isbotini yanada yaqqolroq  topdi. Ya’ni, partiyamiz tomonidan saylangan deputatlarimiz  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyasida  64 nafar, viloyat Kengashida  23 nafar va tuman Kengashida 9 nafar deputatga ega bo‘lib, bu boshqa partiyalardan saylangan deputatlar orasida eng yuqori  natijadir. Partiyamiz a’zolari har bir ishda faollik ko‘rsatib, partiyamiz va tumanimiz obro‘sini yanada oshirishga harakat qilmoqdalar.

Slide 1 of 3