Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Халк депутатлари Вобкент туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухининг навбатдаги йиғилиши  бўлиб ўтди.
янв.21
TUMANDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR OʻRGANILMOQDA.
янв.21
DEPUTAT OʻZ SAYLOVCHILARI OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
TUMANDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HAMDA DAVLAT TASHKILOTLARINING HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTI BOʻYICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.
янв.21
DEPUTAT OʻZ SAYLOVCHILARI OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
DEPUTAT OʼZ SAYLOVCHILARI OLDIDA HISOBOT BERDI
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Taʼkidlandiki, tumanda klaster va fermer xoʻjaliklari hisobidagi ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish 145 km rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 102 km qismi betonlashtirilgan, hozirda qolgan 43 km qismida betonlashtirish ishlari davom yetmoqda.

Tumanda 2024-2025-yil 14329 gektar maydonlarda turli darajadagi shoʻrlangan maydonlarda shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilib, turli darajadagi shoʻrlangan maydonlarda shoʻr yuvish ishlari toʻliq yakunlangan.

Tumanda 2025-yil hosili uchun 6661 gektar gʻalla maydonlarida sugʻorish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilgan. Bugungi kunda isteʼmolchilarga gʻalla maydonlarni 2-sugʻorish uchun suv bilan sifatli taʼminlash ishlarini olib borish uchun hudud gidrotexniklari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga asosan 2025-yilda tumandagi sugʻoriladigan ekin maydonlarida jami 2781 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. Shundan, 253 gektar gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish, 580 gektar paxta maydonlari tomchilatib sugʻorish, 39 gektar bogʻ maydonlari tomchilatib sugʻorish 209 gektar maydonda diskret sugʻorish, 70 gektar paxta maydonlarida plyonka toʻshab sugʻorish, 980 gektar paxta maydonlarida egiluvchan quvur yordamida sugʻorish, 650 gektar ekin yerlarini lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tumandagi xoʻjalik ichki sugʻorish tarmoqlarini 2025-yilda 662 km qismi tozalanishi, 52 dona gidrotexnik inshoot taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning I choragida amalda 603 km ichki sugʻorish tarmogʻi tozalandi, 49 dona gidrotexnik inshootlar toʻliq taʼmirlanib foydalanishga topshirilganligi bildirildi.

Yigʻilishda koʻrilgan masala yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilindi. Mazkur masala navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida koʻrilishi belgilangan. 

Slide 1 of 6