Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F.Shodiyeva “Mirvoshi” MFYda oʼrganish ishlari olib bordi.
янв.21
Hududdagi “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalar nazoratga olindi.
янв.21
Ta'lim maskanida qurilish taʼmirlash ishlari nazoratga olindi.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA.
Saxovatpesha deputat sabab sportsevar yoshlarning quvonchlari cheksiz

Saxovatpesha deputat sabab sportsevar yoshlarning quvonchlari cheksiz 

Xalq deputatlari
Xiva tuman Kengashi deputati Otaxon Masharipovning
saylovchilari bilan bu galgi yakkama –yakka
muloqotlari ham samarali tashkil etildi. Ochiq muloqotlar jarayonida deputat
saylovchilarning dardu-tashvishlarini eshitib, ularni qiynab kelayotgan
muammolarini bartaraf etishga kirishgan.
 

Xususan,
tumandagi “Chinobod” mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabining
sport maydoni yaroqsiz, ta’mirtalab holatga kelib qolganidan sport
mashg‘ulotlarini bajarishda o‘quvchilar qiyinchiliklarga duch kelayotgani
to‘g‘risidagi maktab jamoasi va bir guruh ota-onalarning qilgan bayoni deputat
tomonidan e’tiborga olindi va muammo ikki kun ichida bartaraf etildi. 1225 m
2 hajmdagi
maydonga ega bo‘lgan mazkur sport maydonga deputatning
homiyligida 120 m
3 shpes qoplamasini deputat kerakli transport
vositalarini jalb qilgan holda sport maydonchasini tekis holatga keltirildi va
muammolar bartaraf etilib maktab o‘quvchilariga topshirildi.
 

Ayni kunda
maktab jamoasi, ota-onalar ayniqsa
o‘quvchilar, mahalla bolalarining quvonchi cheksiz. Endilikda, sportsevar
yoshlar sport bilan shug‘ullanishlari uchun to‘siqlarga uchrashmaydi. Bir so‘z bilan
aytganda, deputatning bu kabi sa’y harakatlari saylovchilar roziligi hamda Yangi
O‘zbekistonimizni ma’nan hamda jismonan yetuk yoshlar bilan birga qurishimizga
xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1