Kun tartibiga Vobkent tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish yuzasidan 2025-yil davomida koʻrilgan choralar haqida, Vobkent tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va uning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda 2025-yil davomida tumanda aholi murojaatlari va ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisidagi masalalalar atroflicha muhokama qilindi.
Masala yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi va tegishli mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari M.Mustafoyev, M.Xayrulloyev, N.Rustamovlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.