Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati A. Mardonov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Navroʻzov hamda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi vakillari bilan birgalikda tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandilar.
🔍 Oʻrganishlar davomida “Teraklik” MFY hududida “Ilhom Dildora Muqaddas” fermer xoʻjaligi tomonidan tashkil qilingan turli xil meva sabzavotlarni saqlaydigan sigʻimi 300 tonnadan ortiq boʻlgan sovitkichli omborxona faoliyatini yaqindan oʻrgandilar. Omborxonada bugungi kunda sabzi mahsulotlari saqlanayotgan boʻlib, mahsulot ichki bozorlarga yoʻnaltirilishidan tashqari qoʻshni viloyatlarga yetkazilmoqda.
📌Oʻrganishlar yakunida mazkur tajribalarni tumanagi barcha mahallalarga ommalashtirish, kichik sigʻimdagi sovitkichli omborxonalarni koʻpaytirish va narx navoni barqarorlashtirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.