OʻzLiDeP partiyasidan tuman Kengashi deputati Shamsiya Saidova Xalach MFY faollari bilan birgalikda hududda aholini kambagʻallikdan chiqarish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududda tadbirkorlik subektlari misolida koʻrildi.
📌Oʻrganishlarda hududda mevani qadoqlash, muzlatkichda saqlash va sharbat tayyorlash yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan korxona faoliyati yaqindan tanishildi. Bugungi kunda korxonada mahalladagi ishsiz 20 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlangan. Hozirda 2 smenada ish tashkil etilgan, gilos, oʻrik, olma, bulgʻor qalampiri aholidan olinib qadoqlanmoqda, muzlatkichda saqlanmoqda hamda eksport qilish masalalari hal qilinmoqda.
🔍Mazkur oʻrganishlarda tadbirkorlik faoliyati bilan namuna koʻrsatayotgan fuqarolarni faoliyatini hududda keng ommalishtirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.