Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Akmal Qurbonov tomonidan aholi xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida amaliy oʻrganish ishlari olib borildi.
🔍Ushbu oʻrganishlar tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududidan oʻtuvchi M-37 xalqaro avtomobil yoʻlining “Charmgaron” MFY hududida tashkil etildi. Mazkur hududda soʻnggi vaqtlarda yoʻl-transport hodisalari soni ortib borayotgani sababli vaziyat atroflicha tahlil qilindi.
📱Oʻrganish jarayonida:
🚗 harakat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillar;
👣 piyodalar harakati uchun sharoitlar;
👠 yoʻl belgilari va sunʼiy yoritish holati;
🚓 transport oqimi va tezlik bilan bogʻliq muammolar oʻrganildi.
👮♂️Shuningdek, haydovchilar va fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ayniqsa yuqori tezlik va ehtiyotsizlik ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.
⛔️Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qoʻshimcha ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
⁉️Inson hayoti va xavfsizligi — eng oliy qadriyat. Yoʻllarda xavfsiz harakatni taʼminlash esa barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir.