Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi

“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan hamda jamoatchilik fikri asosida shakllangan “g‘olib” loyihalarni amalga oshirish ishlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring davomida Termiz tumani bo‘yicha 2026-yil 1-bosqichida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Termiz tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Nazorat-o‘rganish tadbirlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Qurbonov tomonidan amalga oshirildi.

Slide 1 of 6