Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi
🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Istiqlol hamda Navro‘z MFYlarda mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🌸 Istiqlol hamda Navro‘z MFY xotin-qizlar faollari 2026-yil yanvar oyidan mart oyigacha mahallaga murojaat qilgan 16 nafar ajrim yoqasidagi oilalardan 14 nafari mahalla faollari va Oilani mustahkamlash komissiyasi tomonidan yarashtirildi.
📝 Yana 2 nafar oilaga yarashtirish choralari ko‘rilib, o‘ylab ko‘rish uchun vaqt berildi.
📋 2026-yil 7-bosqich “Ayollar daftari”ga:
📍 Istiqlol MFY — 97 nafar ayol
📍 Navro‘z MFY — 94 nafar ayol kiritildi.