Sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan “Zaripov Nur Bizness” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Korxona sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelmoqda. Hududdagi 30 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar bandligi taʼminlangan hamda xodimlarga oʻz vaqtida oyliklar toʻlab berilmoqda. Korxona mutasaddilari bilan boʻlgan muloqotda korxona faoliyatini kengaytirish borasidagi ishlar, mavjud muammolar hamda qilinadigan ishlar tahlil qilinib, mavjud masalalar deputatlik nazoratiga olindi.