Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
HUDUDDAGI “XALACH SANOAT” ZONASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!
янв.21
Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA KOʻP KVARTIRALI UYLAR HOLATI OʻRGANILDI.
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Tasdiqlangan grafik asosida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich hamda 5-To‘quvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevich tomonidan “Boshliq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari: mahalla raisi Egamberdiyev Dusmurod Eshmurodovich, hokim yordamchisi Safarov Fazliddin Xamid o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Xolnazarov Sarvar Ulug‘bek o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Azamatov O‘ktam Isoq o‘g‘li, soliq inspektori Toshkentboyev Kamol Utkirovich hamda profilaktika inspektori Jurabayev Sunnatillo Muzaffar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni kompleks (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida aniq mexanizmlarni joriy etish, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalaridan biri aynan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish ekani, bu borada ularning mas’uliyati va o‘zaro hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglash belgilab olindi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1