Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tibbiyot muassasasida tibbiy yordam sifati va bepul dorilar taʼminoti oʻrganildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F.Shodiyeva “Doʻstlik” MFYda oʻrganish ishlari olib bordi.
янв.21
YIGʻILISHDA KENGASH OLDIDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.
янв.21
Tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Mahalla aholisining orzusi roʻyobga chiqdi.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA HAMKORLIGI
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati

        Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Q.Qo‘ziyev Yorqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholiga davlat
tomonidan ajratilayotgan nafaqa pullarining o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda yetkazib berilish holatini nazorat tartibida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida deputat mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksa yoshdagi fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boquvchisini yo‘qotganlar bilan uchrashib, ularga belgilangan nafaqa va moddiy yordam mablag‘larining o‘z vaqtida yetkazilayotgani, to‘lov jarayonlarida muammolar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, to‘lovlarni amalga oshiruvchi mutasaddi tashkilot
vakillari bilan muloqot qilib, hujjatlar yuritilishi, to‘lov reyestrlari va qabul qilingan murojaatlar holati ko‘zdan kechirildi. Deputat o‘z nazorati
doirasida ijtimoiy to‘lovlarning shaffofligi va adolatli taqsimlanishi ta’minlanishi zarurligini ta’kidlab, aholi murojaatlarini doimiy ravishda
o‘rganib borishini bildirdi. Mazkur o‘rganish ishlari aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi amaliy choralardan biri bo‘ldi.
  

Slide 1 of 4