Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F.Shodiyeva “Mirvoshi” MFYda oʼrganish ishlari olib bordi.
янв.21
Hududdagi “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalar nazoratga olindi.
янв.21
Ta'lim maskanida qurilish taʼmirlash ishlari nazoratga olindi.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.

Qish kunlarida ta’lim muassasalarida bolalar uchun iliq va barqaror sharoit yaratish maqsadida deputat joylarga chiqib, ijtimoiy ob’yektlardagi isitish tizimlarining ishlash jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida sinf va guruh xonalari harorati, qozonxonalar faoliyati, issiqlik ta’minoti uzluksizligi hamda yonilg‘i zaxirasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, qish mavsumini betalafot o‘tkazish, avariyaviy holatlarning oldini olish va tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Yosh avlod salomatligi va ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish — doimiy e’tibor va deputat nazoratida.

Slide 1 of 5