Jumladan, Charmgaron MFY faollari va nuroniylari bilan boʻlgan muloqotlarda hududda mavjud muammolar, qilinishi kerak boʻlgan vazifalar, ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolar va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash borasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, “Maromiylik” — hashamatli toʻylarga qarshi targʻibot tadbirlari doirasida "Biz toʻyimizni namunali, ixcham qilamiz!ʼ shiori ostida suhbat boʻlib oʻtdi.