Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kun tartibiga kiritilgan Vobkent tumanida yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida, Vobkent tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar, yosh avlodni yuksak bilim-maʼrifat egalari etib tarbiyalash boʻyicha 2025-yil III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda Vobkent tumanida sogʻliqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordamni koʻrsatilishining holati boʻyicha 2025-yil III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarning muammolari va qiziqishlarini oʻrganish va “Yoshlar balansi”ni shakllantirish maqsadida “xonadonbay” oʻrganish orqali 36 ming 338 nafar (14-30) yoshlar (18 470 nafar-erkak, 17 868 nafar-ayol) xatlovdan oʻtkazilib, ushbu xatlov yakunlarini elektronlashtirish natijasida “Yoshlar balansi” platformasida yoshlarning bandlik, ijtimoiy holati, qiziqish va iqtidorlaridan kelib chiqqan holda 3 ta (“yashil”, “sariq”, “qizil”) toifalarga ajratildi. Xususan:

- “yashil” toifadagi yoshlar soni 27 009 nafar (74,3 foizi);

- “sariq” toifadagilar 8 818 nafar (24,3 foizi);

- “qizil” toifadagilar 511 nafarni (1,4 foizi) tashkil etdi.

2025-yilda jami 828 nafar “ogʻir” toifadagi yoshlarni “Yoshlar balansi” asosida 40 nafar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlari, huquq-tartibot hamda mudofaa organlariga biriktirib chiqildi. Shundan, 198 nafar yoshlar viloyat miqyosidagi 6 nafar rahbarlarga hamda 630 nafar yoshlar tuman miqyosidagi 34 nafar rahbarlarga biriktirildi.

Bundan tashqari, tumanda 317 nafar jinoyat sodir etishga moyil uyushmagan yoshlar 22 nafar huquq-tartibot va mudofaa organlari xodimlariga biriktirilgan.

 (Maʼlumot uchun: “Ogʻir” toifaga kirgan jami 828 nafar yoshlardan, 511 nafari ishsiz yoshlar va 317 nafari otaliqga biriktirilganlarni tashkil etadi)

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tumanda “ogʻir” toifadagi 511 nafar ishsiz yoshlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan uchrashilib, bugungi kunda 509 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. Jumladan:

- 43 nafarga kredit ajratildi;

- 1 nafarga ekin yerlari ajratildi;

- 12 nafarga asbob-uskuna ajratib berildi;

- 139 nafarni tartibli migratsiyaga yuborildi;

- 13 nafarni muddatli harbiy xizmatga yuborildi (1 yillik);

- 9 nafar taʼlimga jalb qilish (OTM, Professional taʼlim);

- 200 nafar oʻzini-oʻzi (yoshning oʻz sohasi boʻyicha) band qilindi;

- 92 nafar boshqa yoʻnalishlarda.

Tumanda “ogʻir” toifadagi “Otaliqqa olingan” yoshlar bilan ishlash boʻyicha 317 nafar jinoyat sodir etishga moyil uyushmagan yoshlar 22 nafar huquq-tartibot va mudofaa organlari xodimlariga otaliqqa berilgan holda ishlar tizimli tashkil qilindi. Ushbu toifadagi jinoyat sodir etishga moyil uyushmagan yoshlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida yoshlarning har biri bilan uchrashilib, ularni sogʻlomlashtirish maqsadida 247 nafari bilan profilaktik ishlangan boʻlsa, 70 nafarning bandligi taʼminlandi. 

2024/2025 oʻquv yilida oʻqituvchilarning kadrlar salohiyati, shundan oliy toifali oʻqituvchilar 467 nafar yoki 20,8 foiz, birinchi toifali oʻqituvchilar 614 nafar yoki 27,4 foiz, ikkinchi toifali oʻqituvchilar 528 nafar yoki 23,6 foiz, mutaxassis oʻqituvchilar 577 nafar yoki 25,8 foiz, oʻrta maxsus oʻqituvchilar 28 nafar yoki 1,2 foizni, hozirda 21 nafar oliy taʼlim muassasalarini tugallanmagan talabalar ham oʻqish bilan birgalikda oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanmoqda.

2024/2025 oʻquv yilida Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qaroriga asosan joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida umumtaʼlim maktablaridan jami 1170 nafar pedagoglar joriy yilning navbatdagi attestatsiyaga ariza topshirib, shundan, oliy 345 nafar, birinchi 358 nafar va ikkinchi toifalarni olish uchun 332 nafar bilimlarini sinab koʻrib, natijada 134 nafar pedagoglar oliy toifalarni himoya qildi. Bunga koʻra, oliy toifali oʻqituvchilar ulushini 487 nafar yoki 21,5 foiz, birinchi toifali oʻqituvchilar ulushini 571 nafar yoki 25 foiz hamda ikkinchi toifali oʻqituvchilar ulushini 475 nafar yoki 20 foizni tashkil etdi.

2025/2026 oʻquv yilining avgust-noyabr oylarida 500 nafarga yaqin pedagoglar navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyaga hujjat topshirgan, hozirda attestatsiya test sinovlariga ishtirok etmoqda.

2025/2026 oʻquv yilida rejalashtirilgan 21559 nafar oʻquvchilarning 19711 nafar yoki 91,4 foizi “Barkamol avlod bolalar” maktabi hamda taʼlim muassasalaridagi fan, sport va “besh tashabbus” toʻgaraklarga jalb qilindi.

Tumanda “Bir million” dasturchi loyihasi asosida taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan 3100 nafari sertifikatni qoʻlga kiritib, shundan, 78 nafar informatika fani oʻqituvchilaridan sertifikat olganlar soni 67 nafar yoki oʻqituvchilar soniga nisbatan 84 foizni tashkil etdi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha umumtaʼlim maktablarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida tumandagi barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflarga ega boʻlib, respublika mablagʻlari hisobidan 5 ta hamda Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 3 ta sinf xonalari jihozlandi. Shuningdek, hozirgi kunda umumtaʼlim maktablarida jami 58 ta kompyuter sinf xonalari mavjud boʻlib, ularning har bir sinf xonasi 16 tadan kam boʻlmagan zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlangan hamda barcha umumtaʼlim maktablarida “Mening maktabim” loyihasida zamonaviy 38 ta elektron interaktiv doskalar bilan jihozlandi. Bugungi kunda Respublika miqyosida “kelajak.uz.” elektron platforma yaratilib, ushbu platformaga barcha kambagʻal ijtimoiy himoya reestriga kiruvchi oila farzandlari roʻyxatdan oʻtkazilib, 272 nafar reestriga olingan oila farzandlari oʻz qiziqishlari yoʻnalishida bepul toʻgaraklarga jalb etildi.

Tumanning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 67 ta tibbiyot brigadalari tashkil etilgan boʻlib, ularda jami 334 nafar patronaj hamshira, 147 nafar amaliyot hamshirasi hamda 60 nafar doyalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi kunda 100 nafar hamshira doyalik mutaxassisligi boʻyicha qayta oʻqitilib, Buxoro tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan ularga belgilangan malaka sertifikatlari berilgan.

Joriy yilning III chorak mobaynida tuman aholisining umumiy kasallanishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga koʻpayib, 4841 nafarni tashkil qilmoqda. Xususan:

1-oʻrinda – 7,2 foiz qon aylanish tizimi kasalliklari;

2-oʻrinda – 3,8 foiz nafas olish aʼzolari kasalliklari;

3-oʻrinda – 4,1 foiz ichki sekretsiya bezlari kasalliklari bilan kasallangan.

Shuningdek, keyingi oʻrinlarni qon va qon yaratish aʼzolari va immun tizimi, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari hamda siydik tanosil tizimi kasalliklari egallagan.

Oʻlim holatlarining asosiy sabablari (Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) boʻyicha qoʻyidagicha. Jumladan, yurak ishemik kasalligi, bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult), oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, pastki nafas yoʻllari kasalliklari (pnevmoniya va boshqalar), neonatal kasalliklari hamda yomon sifatli oʻsmalar.

Tumanda “D” nazoratida turgan bemorlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga koʻpayib, hozirgi kunga 36464 tani tashkil qilmoqda.

2025-yil davomida 140930 nafar tuman aholisi tibbiy xatlovdan oʻtkazilib, natijada ularning 25,8 foizida surunkali kasalliklar va nogironlik holatlari aniqlandi. Bugungi kunga qadar 32,9 foizdan ortiq fuqarolarda sogʻlomlashtirish ishlari olib borildi va hozirda bu jarayon reja asosida davom etmoqda. Bundan tashqari, profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar hamda skrining tekshirishlari natijasida jami 81356 nafar bemor aniqlanib, natijada ularning 56949 nafari ambulator, 23851 nafari statsionar va 556 nafari viloyatdagi tibbiyot muassasalarida sogʻlomlashtirilmoqda.

Muhokama jarayonida mazkur masalalar yuzasidan qilinishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Yigʻilishda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 4