Kun tartibiga kiritilgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi tomonidan tumanda aholi oʻrtasida musiqa va sanʼatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Vobkent tumani Kengashi partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan tumanda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlod, sogʻlom turmush tarzi, shuningdek, xalq salomatligi yoʻlida “Sogʻlom turmush tarzi yoʻlida birlashaylik” loyihasi doirasida tibbiyot va taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oʻrganish yakunlari yuzasidan deputatlik guruhi rahbarlarining axborotlari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur masalalar nazorat tahlil sifatida organilgan edi. Yig’ilishda tegishli qarorlar qabul qilindi.