Kengash ish rejasiga asosan: Deputatlar 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasiga asosan, tuman Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva “Do'stlik” MFY hududida joylashgan 24-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mas’ullar muassasadagi tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda mashg‘ulotlarning qanday tashkil etilayotganligi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy usullar asosida bilimlarni egallashlari hamda intellektual rivojlanishi yo‘lida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.