#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Chinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
🫥Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga tezkor yechim topish borasida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati U.Jumayevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Chinor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
🫥Tashrif davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi holati ko‘rib chiqildi.
🫥Mahalla raisi bilan o‘tkazilgan muloqotda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil etilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.