Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Kengash ish rejasiga asosan: 24-MTT oshxonasidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kengash ish rejasiga asosan: Deputatlar 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Uzun tumanida ehtiyojmand oilalar farzandlariga o'quv qurollari topshirildi
янв.21
DEPUTATLAR VA TASHKILOT RAHBARLARI OBODONLASHTIRISH ISHLARIDA FIDOYILIK KO‘RSATISHMOQDA
янв.21
Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Kengashning haftalik ish rejasiga asosan: Uzun tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
"Yoshlik" MFYda aholining sport bilan shug'ullanishi uchun barpo qilingan yangi sport o'yingohi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 3-Yangi ro‘zg‘or saylov okrugiga qarashli Yangi ro‘zg‘or mahallasida tuman kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qilish hamda tegishli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil etish maqsadida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhi a’zolari, deputatlar, Kengash kotibiyati mas’ullari hamda tegishli soha rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi.
Mazkur masala yuzasidan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayevning 2026-yilning 9 oyi davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Hisobotda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish hamda kundalik hayotida duch kelayotgan muammolarini bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, aholining ushbu qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va sifatini oshirish, yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga individual yondashuv asosida yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishdagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash faqat ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning munosib hayot kechirishi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ham qamrab olishi lozim.

Qo‘shma yig‘ilishda bildirilgan fikr va takliflar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda har bir fuqaro uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 3