Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
Rohat mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini deputatlik nazorati orqali o‘rganish muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 9-Vatan saylov okrugi deputati M.Mirzayev tomonidan Rohat MFY raisi hamrohligida mahalladagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosiga qaratildi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

O‘rganish jarayonida Oygul va B.Marg‘inoniy tor ko‘chalarida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining amaldagi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Bunda bajarilayotgan ishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining sifati, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning yakuniy natijasi, yo‘l qoplamasining sifati hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4