Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil #doimiy_komissiya_faoliyati

Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevning saylov okrugidagi «Yangikent» mahallasida joylashgan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan murojaat xatida ko‘tarilgan masala asosida tashkil etildi.

Mazkur masalada tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi 14 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarni yakka tartibdagi ta’limdan inklyuziv ta’limga jalb etish maqsadida inklyuziv sinfxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish taklifi ilgari surilgan.

Shu munosabat bilan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun mavjud sharoitlar, ta’mirlash va jihozlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan xonalar holati hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, inklyuziv ta’lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, sinfxonalarni moslashtirish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi va sessiyada mazkur masalani muhokama qilish hamda tegishli takliflarni shakllantirishda foydalaniladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5